Maqolalar
Yoshlar parlamenti a’zolarining maqolalari
Yoshlar diplomatiyasi — O‘zbekiston va AQSH hamkorligining muhim yo‘nalishi
29.10.2026 — Timur Talgatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti qo‘mita raisi o‘rinbosari
Bugungi globallashuv sharoitida davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda yoshlar diplomatiyasi muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston va AQSH yoshlari o‘rtasidagi muloqotni kengaytirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Xususan, yoshlar parlamentlari, talabalar tashkilotlari va yoshlar yetakchilari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yoshlarning xalqaro munosabatlar, davlat boshqaruvi va qonun ijodkorligi sohalaridagi bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Xalqaro forumlar, ta’lim dasturlari va qo‘shma tashabbuslar esa yoshlarning o‘zaro tajriba almashishi hamda yangi g‘oyalarni ilgari surishi uchun muhim maydon hisoblanadi. Menimcha, yoshlar diplomatiyasining asosiy kuchi — o‘zaro ishonch, hurmat va hamkorlikni shakllantirishdadir. Bugun xalqaro muloqotda faol ishtirok etayotgan yoshlar kelajakda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishi mumkin. Shu bois O‘zbekiston va AQSH yoshlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, yoshlar tashkilotlari aloqalarini mustahkamlash va yangi avlod yetakchilari uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratish muhim ahamiyatga ega.
Ko’rishAyolning onaligi — pensiya huquqiga to‘siq bo‘lmasligi kerak
18.09.2026 — Gavhar Karshiyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi
Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.Pensiya tizimini isloh qilish jarayonida xotin-qizlarning manfaatlarini alohida hisobga olish muhim. Chunki farzand tugʻilishi va uni parvarish qilish davrida ayollarning mehnat faoliyatida tabiiy uzilishlar yuzaga keladi. Taklif etilayotgan oʻzgarishlarda bola parvarishi davrini pensiya stajiga hisoblash muddatini 3 yildan 6 yilgacha uzaytirish, pensiya hisob-kitobida olinadigan ish haqi davrini esa 5 yildan 20 yilgacha kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizmlar, ayniqsa, bir necha farzand tarbiyalagan onalar uchun muhim. Pensiya tizimida ayolning nafaqat mehnat faoliyati, balki onalik bilan bogʻliq masʼuliyat davri ham adolatli eʼtirof etilishi kerak.
Ko’rishPrezident tashrifi – Qoraqalpog‘iston yoshlari kelajagida yangi sahifa
20.09.2026 — Babur Rajapov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi
Prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifi hudud taraqqiyoti va yoshlar uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan muhim vazifalarni belgilab berdi. Bu imkoniyatlar yoshlarning kelajakka ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Ko’rishQoraqalpog‘iston yoshlari – yaratuvchanlik va islohotlar markazida
20.09.2026 — Shaxnoza Bazarbayeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi
Qoraqalpog‘iston yoshlari bugun yangilanish va yaratuvchanlik jarayonlarining faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Prezident tashrifi davomida yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini namoyon qilishi va hudud taraqqiyotida munosib o‘rin egallashi uchun yangi vazifalar belgilandi. Bu bizdan yanada katta tashabbus va mas’uliyat talab qiladi.
Ko’rishYangilanayotgan Qoraqalpog‘iston va yoshlar imkoniyatlari
20.09.2026 — Xanna Utemuratova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi
Қорақалпоғистонда ёшлар учун яратилаётган янги имкониятлар ҳудуднинг эртанги тараққиётига қўйилаётган муҳим сармоядир. Президент ташрифи давомида белгиланган вазифалар ёшларнинг билим, ташаббус ва салоҳиятини рўёбга чиқаришига кенг йўл очади.
Ko’rishO‘zbekiston – AQSH hamkorligi yangi iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochmoqda
23.10. 2026 — Erkaboy Usmonaliyev , Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Erkaboy Usmonaliyev
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqot va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratadi. “C5+1” formatidagi uchrashuvlar doirasida savdo, investitsiyalar, energetika, strategik foydali qazilmalar, transport va raqamli texnologiyalar kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratilgani mamlakatimiz uchun yangi istiqbollarni ochadi. Bunday hamkorlik, eng avvalo, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini oshirishga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, o‘zaro savdo hajmining ortishi mahalliy korxonalar uchun xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Shuningdek, O‘zbekistonning turli davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan pragmatik tashqi siyosati mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, erishilgan kelishuvlar amaliy natijalarga aylanishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, ilg‘or texnologiyalar o‘zlashtirilishi va mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishi lozim.
Ko’rishO‘zbekiston – AQSH hamkorligi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
25.10.2026 — Saidjon Bobojonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi
2026-yil 19-oktabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “C5+1” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda istiqbolli loyihalarni ilgari surish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, transport, energetika va raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Siyosiy muloqotning amaliy investitsiya va qo‘shma loyihalarga aylanishiga e’tibor qaratilgani bu hamkorlikning natijadorlikka yo‘naltirilayotganini ko‘rsatadi. Yoshlar parlamenti a’zosi va yosh tadqiqotchi sifatida ushbu jarayonlarning ahamiyatini, avvalo, yoshlar uchun ochilishi mumkin bo‘lgan yangi imkoniyatlarda ko‘raman. Chunki sifatli ta’lim, zamonaviy kasblarni egallash, xalqaro tajribadan foydalanish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish yosh avlodning kelajakdagi muvaffaqiyatida muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ilm-fan, ta’lim hamda texnologiyalar sohasidagi aloqalarni kengaytirish yoshlarimiz uchun akademik almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar, startap loyihalar va ilg‘or tajribani o‘rganish imkoniyatlarini rivojlantirishi mumkin. Bunda xalqaro hamkorlikni aniq dasturlar, qulay ishtirok mexanizmlari va o‘lchanadigan natijalar bilan mustahkamlash muhim. Ayniqsa, sun’iy intellekt, geoaxborot tizimlari, ekologik monitoring va tabiiy resurslarni boshqarish kabi yo‘nalishlarda bilim va texnologiyalar almashinuvi dolzarbdir. Mazkur sohalarda yosh mutaxassislar va izlanuvchilarning salohiyatini oshirish hududlarni oqilona rejalashtirish, resurslardan samarali foydalanish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi. Yoshlar parlamenti oldidagi muhim vazifalardan biri — yoshlarning ta’lim, bandlik, innovatsiya va tadbirkorlik bilan bog‘liq ehtiyojlarini o‘rganish, dolzarb tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning manfaatlarini tegishli muhokama va takliflarda ifodalashdir. Shu jihatdan, xalqaro sheriklikning yoshlar hayotiga ta’sirini ham muntazam tahlil qilish zarur. Xulosa qilib aytganda, Samarqanddagi “C5+1” uchrashuvi iqtisodiy va texnologik hamkorlikni kengaytirish barobarida, yosh avlodning bilim, malaka va innovatsion salohiyatini rivojlantirish uchun ham istiqbolli yo‘nalishlarni ko‘rsatdi. Bu imkoniyatlarning real natijaga aylanishi esa davlat idoralari, ta’lim muassasalari, biznes vakillari hamda tashabbuskor yoshlarning izchil hamkorligiga bog‘liq.
Ko’rishO‘zbekiston – Turkiya iqtisodiy hamkorligi: 10 milliard dollarlik savdo maqsadi va yangi investitsiya loyihalari
30.10.2026 — Odina Holmirzayeva , Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti ijrochi kotibi
«O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda belgilangan 5 milliard dollarlik, o‘rta muddatli istiqbolda esa 10 milliard dollarlik o‘zaro savdo hajmiga erishish maqsadi alohida ahamiyatga ega. 29-oktabr kuni Anqarada imzolangan 5 ta ikki tomonlama hujjat, xususan, biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim savdo va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim institutsional asos yaratadi. Ayniqsa, turk kompaniyalari bilan muzokaralarda qayta tiklanuvchi energetika, geologiya va konchilik, kimyo sanoati, elektrotexnika, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari hamda oziq-ovqat ishlab chiqarish yo‘nalishlarining muhokama qilinishi e’tiborga molik. Jumladan, OYAK kompaniyasining Yangi Toshkentda turar joy majmualari va infratuzilma obyektlarini qurishda ishtirok etishga tayyorligi, Anadolu Group bilan Samarqanddagi SamAvto korxonasini modernizatsiya qilish va eksport salohiyatini kengaytirish masalalarining ko‘rib chiqilishi hamkorlikning amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi. Menimcha, ushbu jarayonlarda yoshlar uchun ham katta imkoniyatlar mavjud. Xususan, qo‘shma korxonalarda kasbiy bandlik, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va yosh tadbirkorlarning xalqaro bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan bo‘lishi lozim. Zero, iqtisodiy hamkorlikning asosiy mezoni — erishilgan kelishuvlarning yangi ishlab chiqarish quvvatlari, ish o‘rinlari, eksport hajmi va aholi farovonligidagi aniq natijalaridir».
Ko’rishUmumiy qadriyatlar, mushtarak maqsadlar va yangi hamkorlik
01.11.2026 — Gavhar Karshiyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi
Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Oila va xotin-qizlar kengashining ilk yig‘ilishi o‘tkazilgani turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning qizlar ta’limini rivojlantirish, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda bolalar uchun xavfsiz internet muhitini yaratishga qaratilgan tashabbuslari alohida e’tiborga loyiq. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — nafaqat ijtimoiy himoya, balki jamiyatning intellektual, iqtisodiy va ma’naviy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan muhim sarmoyadir. Qizlarning sifatli ta’lim olishi, ayollarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi va oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish kelajak avlod taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlar parlamenti a’zosi sifatida bunday tashabbuslarning yoshlar hayotida, ta’lim muassasalarida va jamiyatda aniq amaliy natijalar berishini muhim deb bilaman. Chunki har qanday tashabbusning samarasi, avvalo, insonlar hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Ishonamanki, turkiy davlatlar o‘rtasida ushbu yo‘nalishda yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik umumiy qadriyatlarimizni mustahkamlash, xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Ko’rish